Dubayda jinoiy guruh tomonidan garovga olingan o‘zbekistonlik qutqarildi
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligi diplomatlari ko‘magida ushbu shaharda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik J.T. qutqarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Mamlakatimiz Bosh konsulligiga jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari orqali yo‘llangan murojaatga ko‘ra, yurtdoshimiz J.T. bir guruh shaxslar tomonidan Dubay shahridagi noma’lum manzilda majburiy tarzda ushlab turilgan va undan jami 200 ming AQSh dollari pul talab qilingan. Ushbu mablag‘lar aytilgan vaqtda va manzilga keltirilmagan taqdirda J.T.ning joniga qasd qilish bilan qo‘rqitib kelingan.
Bosh konsulxona xodimlari va Birlashgan Arab Amirliklarining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan birgalikda amalga oshirilgan tadbir natijasida J.T. ushlab turilgan manzil aniqlandi va ozodlikka chiqarildi.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh a’zolarining aksariyati BAA huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan ushlangan va ularga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter