Departament «ish» ochdi: juda ko‘p miqdordagi imtiyozli kredit talon-tarojlik qilingan

ATB «Mikrokreditbank» Sirdaryo filialidan olingan imtiyozli kreditlar talon-taroj qilingani aniqlandi.
Ya’nikim, «O.t.x.» MChJ, «F.a.c.» va «U.i.» fermer xo‘jaliklari rahbarlari oldindan til biriktirib, 12 nafar fuqaro nomiga yakka tartibdagi tadbirkor tashkil etib, ular nomiga mahalliy budjet va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish jamg‘armasidan ajratilgan resurslar hisobidan imtiyozli kreditlar rasmiylashtirishadi. Biroq kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, jami 1 mlrd. 332 mln. so‘m miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilishadi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departament jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter