«Damas»ning yuk mashinasiga urilishi fojia bilan tugadi
2020-yil 22-sentyabr kuni soat 15:30 larda «Damas» bilan «Zil 130» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Tadbirkor MFY o‘ramidan o‘tgan Savay-Qo‘rg‘ontepa avtomobil yo‘lining Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan «Damas» boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan «Zil 130» rusumli yuk avtomashinasiga borib urilgan. Buning oqibatida «Damas» avtomobilining salonida bo‘lgan voyaga yetmagan fuqaro O.K. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qatiy amal qilgan holda harakatlanish, avtomobil boshqaruvida hamisha xushyorlikni yo‘qotmaslik so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter