Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cho‘l qaroqchilari»ga sud hukmi o‘qildi

«Cho‘l qaroqchilari»ga sud hukmi o‘qildi

Joriy yilining may oyida «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘ining davlat inspektorlari tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» PPJ fuqarolari R.B va B.Tlar ushlanishgandi.

Ular noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 11 bosh jayronni ovlaganligi aniqlanib, holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha Orol tabiatini muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazilgan.

Prokuratura tomonidan tergov, surishtiruv ishlari olib borilib, ish sudga kiritiladi.

Yaqinda Jinoyat ishlari buyicha Qo‘ng‘irot tuman sudi tomonidan ularga nisbatan hukm o‘qildi.

Unga ko‘ra, qonunbuzar R.B.ga nisbatan 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, T.B.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda hayvonot dunyosiga keltirilgan jami 404 million 250 000 so‘m zararni «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i foydasiga undirish belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring