Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi ayanchli YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Chiroqchidagi ayanchli YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

19-avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida B.E. «Neksiya» avtomobilini boshqarayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzgan. Oqibatda qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1983-yilda tug‘ilgan O.S. boshqaruvidagi «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, B.E. hamda uning yo‘lovchilari 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N.lar og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Ushbu avtomobil yo‘lovchisi 26 yoshli O.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring