Chiroqchida YHXB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
Chiroqchi tumani yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i S.Umarov fuqarodan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
«Chiroqchi tumani IIO FMB YHXB boshlig‘i S.Umarov va uning jinoiy sherigi pora olish jarayonida qo‘lga tushganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan»,— deya xabar qildi Qashqadaryo viloyati prokuraturasi.
Avvalroq DXX Samarqandda bir fuqaroni 50 ming dollar bilan ushlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter