Chiroqchida unashtirilgan qizining uyiga borgan yigit vafot etdi
Qashqadaryoning Chiroqchi tumani, Galabek mahallasida 11-avgust kuni bir guruh yigitlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
«Nasafnews»ga ko‘ra, bu janjalda 22 yoshli yigit og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni 2000-yilda tug‘ilgan O.X. unashtirilgan qizining qishlog‘iga yarim tunda uchrashuv uchun boradi va qishloqdagi boshqa yigitlar bilan o‘rtada nizo kelib chiqadi. Janjalda O.X.ni bir guruh yigitlar urib, o‘ta og‘ir tan jarohatlari yetkazishadi. Shundan so‘ng, yigit Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga olib boriladi.
Aniq bo‘lishicha, yigit kecha, 12-avgust kuni og‘ir koma holatida shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter