Chiqindi sabab bir necha shaxs jarimaga tortildi
Yaqinda Buxoroda ekokuzatuv kameralari ishga tushgani, bu orqali fuqarolarning belgilanmagan joyga chiqindi tashlash yoki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklariga nisbatan choralar ko‘rilishi haqida xabar berilgan edi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlagan.
Buxoro shahridagi «Hamid Olimjon», «B.Naqshband», «Sherbuddin» va «A.Jomiy» ko‘chasida yashovchi bir nechta fuqarolarning noqonuniy joyga chiqindi tashlashgani aniqlangan. Ularga nisbatan MJtKning 91-modda (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) 1-qismi bilan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimalar belgilangan.
«Har bir huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima tayinlandi»,-dedi boshqarma matbuot xizmati xodimi Marjona Shukurova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter