Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda mebel sexi yondi. Bir ishchi kuyish jarohatini oldi

Chilonzorda mebel sexi yondi. Bir ishchi kuyish jarohatini oldi

Foto: «iiv.uz»

Kecha, 5-noyabr kuni Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi 1a-uyda joylashgan «Yangi Fayz ta’mir» MChJga qarashli mebel sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, soat 07:24da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.

Markaz tomonidan yong‘inni bartaraf qilish uchun 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan.

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 07:37da o‘rab olinib, 07:45da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida sexning 80 kv.m. maydoni yongan. Yong‘inda bir nafar sex ishchisi kuyish jarohatini olgan.

Ayni vaqtda yong‘inni keltirib chiqargan sabab va zarar aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring