Chilonzorda haydovchi ikki bola yetaklab ketayotgan ayolni urib yubordi
18-aprel kuni Chilonzor tumanining Chilonzor ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomashinani boshqarayotgan haydovchi ikki bolani yetaklab ketayotgan ayolni urib yuborgan. Uch yo‘lovchi ham tan jarohati bilan tez yordamga yuborilgan. Bu haqda uza.uz ga YHXB dagi o‘z manbasi xabar bergan.
Poytaxt ko‘chalarida bir kunda kamida 3-4 tadan piyodalarni urib yuborish holati ro‘y berib turadi. Bu ko‘pincha haydovchilarning befarqligi va piyodalarning belgilangan maxsus joydan yo‘lni kesib o‘tmasliklari oqibatida yuzaga keladi. Piyodalar yo‘lni kesib o‘tar ekan, ayniqsa ular bola yetaklagan bo‘lsa, o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter