«Sayyoralar qotili» deya ta’riflangan asteroid Yerga yaqinlashmoqda
Olimlar «sayyoralar qotili» deya ta’riflagan astreoid ertaga, 27-iyun kuni Yerga yaqinlashadi.
Asteroid (ilmiy nomi — 2011 UL21) Yer yonidan 93 000 km/soat tezlikda o‘tib ketadi. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi xabar berdi.
Ushbu asteroid 66 mln yil burun dinozavrlarni qirib yuborgan fazoviy jismdan besh baravar kichik. Shu bois u bilan (ehtimoliy) to‘qnashuv oqibati paleogen davridagi kabi halokatli bo‘lmaydi. Ammo uning ta’siri qit’alar miqyosida sezilib, global iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaradi, deyiladi xabarda.
Astronomlarning so‘zlariga qaraganda, asteroidni tungi osmonda teleskop orqali kuzatish mumkin. Uning Yer atrofiga keyingi «tashrifi» 2089-yilga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter