Buxorodagi mudhish YTHda 3 kishi halok bo‘ldi (foto)

1-iyul kuni Xorazm-Buxoro yo‘nalishida ketayotgan 21 yoshli H.S. boshqaruvidagi «Cobalt» mashinasi oldinda harakatlanayotgan 52 yoshli Yu.Sh. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz 1841 LS» yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Oqibatda «Cobalt» avtomashina haydovchisi H.S. va uning yo‘lovchilari — 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N.lar hodisa joyda halok bo‘lishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter