Buxorodagi mudhish avariya yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Buxoroda tez tibbiy yordam mashinasi YTHga uchrab, ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. IIV YHXBB axborot xizmati ushbu hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-iyul kuni soat 05:25 larda, Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi 1988-y.t. Ye.P. «Damas» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi 1970-y.t. A.S. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
YTH natijasida «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi 32 yoshli Ye.P. va yo‘lovchisi 28 yoshli A.X.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter