Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yirik YTH: avtobusda portlash yuz berdi

Buxoroda yirik YTH: avtobusda portlash yuz berdi

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo‘lida 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusning yo‘l transport halokatiga uchrashi va gaz ballonining portlashi natijasida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi. 5 nafar og‘ir bemorlar RShTYoIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda, 9 nafarining ahvoli yengil bo‘lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilib, RShTYoIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyasiya tarmog‘i orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda. Avtohalokat sabablari o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring