Buxoroda MIB xodimini kaltaklab, «Lacetti»siga o‘t qo‘ygan shaxs qamoqqa olindi
Davlat ijrochisi qarzdorning xonadoniga borganida uni kaltaklab, temir bo‘lagi (armatura) bilan boshqaruvidagi «Lacetti»rusumli avtomashinasining oynalarini sindirib, orqa o‘rindig‘iga o‘t qo‘yib yuboradi.
Aniqlanishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Z.Zning ish yurituvida qarzdor «Fayzullo Xubiddin Fayz-bir» MChJdan «Hududgazta’minoti» AJ foydasiga gaz bo‘yicha kommunal qarzdorlik hamda davlat foydasiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lgan.
Mazkur ijro ishi bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshirish uchun davlat ijrochisi 14.09.2023 yilda fuqaro (qarzdor) M.Fning xonadoniga borganida, qarzdor ijro harakatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilib, qo‘llari bilan uning yuz hamda badanining turli sohalariga qasddan urib, yerda turgan temir bo‘lagi (armatura) bilan boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinasining old, orqa, o‘ng yon tomon old va orqa oynalarini sindirib, orqa o‘rindig‘iga o‘t qo‘yib, qasddan shikast yetkazgan.
Mazkur harakatlari uchun qarzdor M.F ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi, 3-qismi «a» bandi, 173-moddasi, 3-qismi «a» bandi va 219-moddasi, 2-qismi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter