Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda MChJ rahbari 27 kishini chuv tushirdi

Buxoroda MChJ rahbari 27 kishini chuv tushirdi

Buxoro viloyatida «B.F.» MChJ rahbari (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan) N.M. va fuqaro I.G.lar oldindan til biriktirib, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida «S.A.» AJ nomidan 27 nafar fuqaroga Buxoro - Domodedovo yo‘nalishi bo‘yicha qalbaki aviachipta rasmiylashtirib bergan.

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, qalbaki chiptalardan tushgan jami 52,7 mln so‘mni ular firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xuddi shunday holat Namangan viloyati Norin tumanida ham sodir bo‘lgandi.

Shu o‘rinda qalbaki aviachiptalarni aniqlash yo‘llari haqida bu yerda batafsil yozganimizni eslatib o‘tamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring