Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kuchli shamol sabab bir kishi halok bo‘ldi

Buxoroda kuchli shamol sabab bir kishi halok bo‘ldi

Foto:Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2020-yil 27-aprel kuni soat 20:00dan 28 aprelgacha soat 00:30ga qadar Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek. tezlikda shamol esishi kuzatilgandi.

FVV xabariga ko‘ra, bir necha fuqaro jabrlanib, ulardan bir nafari halok bo‘ldi. Shuningdek, hududlardagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida ijtimoiy soha ob’yektlari, aholi yashash xonadonlari va avtotrasport vositalariga zarar yetgan.

Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 29 nafar fuqaro yengil va 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan bo‘lib, 1 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Yengil va og‘ir tan jarohati olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 26 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring