Buxoroda ikki kishi zovurda cho‘kib, halok bo‘ldi
Kecha, 19-iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M. Xupkalak qishlog‘idan oqib o‘tuvchi zovurda cho‘milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho‘kib ketganlar. Jasadlar suvdan topilib olingan.
«Hurmatli fuqarolar, turli cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang», deya ogohlantiradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter