Buxoroda egizak farzandlarni dunyoga keltirgan ona vafot etdi
Buxoro shahrida joylashgan «Moxi Xossa roddom» tug‘ruqxonasida 22 yoshli ayol vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan 1999-yilda tug‘ilgan ayol 9 mart kuni tug‘ish uchun kasalxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirganidan 2 kun o‘tib, vafot etgan.
Marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter