Buxoroda DSEN boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Buxoro viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Q.R. pora bilan qo‘lga tushgani aytilayotgandi. Shu mazmunda ijtimoiy tarmoqda tarqagan xabarlarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Unga ko‘ra, viloyat DSEN boshlig‘i «O.» MChJ rahbari M.dan Buxoro shahar IIB tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSh dollari va 500 ming so‘m talab qilgan.
Talab qilingan pullarni olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.
Ayni paytda Q. R.ga nisbatan pora olish (210-moddasi 2-qismi «v» bandi) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter