Buxoroda ayolning sochlari kesib tashlandi
Buxoro viloyati Kogon tumanida bir ayol o‘z uyida «samosud» qilindi.
Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, uch ayol va bir erkak o‘zaro oldindan til biriktirib, ayolning uyiga go‘yoki Shohrux ismli yigitni so‘rab kelib, aldov yo‘li bilan uyga kirgan.
Shundan so‘ng, ular ayol bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kach qilib, uni xonadan yotoqxonasiga olib kirib qulflagan va jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatib, uni urib, sochlarini kesib tashlagan. Holatni telefonda videoga olib, jabrlanuvchini keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib voqea joyidan ketishgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ayolga yengil turdagi tan jarohati yetkazilgan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter