Buxoro shahar hokimligi binosi oldida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2021-yilning 26-may kuni soat 14:45 da Buxoro shahar «J.Ikromiy» mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida Buxoro shahar hokimligi binosi oldida sodir etilgan janjal holati tasvirlangan.
Ushbu holat shu kuni soat 14:49 da Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida yuritilayotgan Shakl-2 jurnaliga qayd etilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Ushbu mushtlashuvda tan jarohati olgan va mushtlashgan fuqarolarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan bo‘lib, hozirda tan jarohati olgan A.A. va J.R.ning olgan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, voyaga yetmagan F.J. va F.J., A.A. hamda boshqalarning harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Dastlabki tergov harakatlarining yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter