Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro «ark»iga chirmashib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoro «ark»iga chirmashib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Xabar. uz

Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni devoriga chirmashib chiqishga uringan shaxs jarimaga tortildi.

Ma’lumki, «Ark» qo‘rg‘oni YuNESKOning Umumjaxon merosi hududi va uning chegaralarida (chegara qismi) kiritilgan tarixiy markaz hisoblanadi. Mazkur qo‘rg‘on moddiy madaniy meros ob’yekti sanalib, uning tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladi

Ta’kidlanishicha, A. A. ismli shaxs Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan ushbu - ark qo‘rg‘oniga xurmatsizlik munosabatda bo‘lgan. Xorijlik va mahalliy sayyohlar ko‘z oldida mazkur ko‘rg‘on devorlariga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan.

Shaxsning xatti-harakatlari qo‘rg‘onning turli burchaklarida o‘rnatilgan videokameralarni nazorat qilib turgan mas’ullarning e’tiborini o‘ziga qaratgan. Va zudlik bilan A.A.ning xatti-harakatlariga chek qo‘yilgan. Shaxs MJTK 64-1-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilib BHM 5 baravari miqdorida, bir million yetti yuz ming so‘m miqdoridagi jarimaga tortilgan.

Bundan 10-15 yillar avval Gulnora Karimova qo‘shig‘iga ishlangan klipda erkak kishi Buxoro shahridagi madrasalar, tarixiy obidalar, jumladan Minorai Kalon va ARK devorlari va tomlarida yugurib yurgan edi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring