«Bo‘zsuv» kanalidan ayol kishining jasadi topildi
![«Bo‘zsuv» kanalidan ayol kishining jasadi topildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2124008925.jpg)
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 2018-yil 18-yanvarda Qibray shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalining «Kaskad» GESga qarashli 11-sonli to‘g‘onidan yevropa millatiga mansub, 50-60 yoshlardagi noma’lum ayolning ko‘krak va biqin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan holdagi jasadi topilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, muqaddam sudlangan, 1977-yilda tug‘ilgan G.K. mast holda sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Bu haqda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter