«Bo‘zsuv» kanalida oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi (foto)

Joriy yilning 22-dekabr kuni soat 14:56da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tuman IIB navbatchilik qismi tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalida bir fuqaroning suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, tuman fvqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Fuqaro qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan suvdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.
Hayoti saqlab qolingan fuqaro hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilayotgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter