Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda suvga qulagan skuterning egasi qidirilmoqda

Bo‘stonliqda suvga qulagan skuterning egasi qidirilmoqda

Illyustrativ foto

Bo‘stonliq tumanining Sijjak qishlog‘ida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bo‘stonliq tuman IIBga 3-iyun kuni yetib kelgan xabarga ko‘ra, shu tumanda yashovchi, 1997-yili tug‘ilgan M.Turdiboyev boshqarayotgan «Yamaxa» rusumli skuter suvga tushib ketgan.

Voqea 2018-yil 2-iyun kuni soat 15:50 lar atrofida «Piramida» oromgohi yo‘nalishida sodir bo‘lgan — ma’lumotlarga qaraganda, Sijjak qishlog‘i, Shaybon ko‘chasining pastki tomonidan oqib o‘tuvchi soy sohilidan oromgoh tomon ketayotgan M.Turdiboyev skuter boshqaruvini yo‘qotadi va suvga qulaydi. U suvdan qaytib chiqmagan.

Hozirda M.Turdiboyevni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring