Bo‘stonliqda rahbar va nazoratchi 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yubordi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «A.I.» MChJ rahbari A.S., «S.S.» MChJ QK sobiq texnik nazoratchisi Z.X. va boshqalar hududdagi 2 ta MFYda suv ta’minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter