Bo‘stonliqda loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R6 «Toshkent-Qibray-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 59-60 kilometrlari oralig‘ida, «Chimyon» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda loy ko‘chkisi sodir bo‘ldi.
Hodisa natijasida hech kimga tan jarohati yetgani yo‘q. Qisqa vaqt ichida avtomobil yo‘li to‘liq tozalanib, transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi.
YHXX ayni noqulay ob-havo sharoitida barcha harakat qatnashchilaridan ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter