Voleybol federatsiyasi mansabdorlari katta pulni talon-toroj qilgani aniqlandi
Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida budjetdan ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi o‘rganildi.
Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘rganishda, federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.
Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun budjetdan 445 mln. so‘m ajratilgan bo‘lsada, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln. so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln. so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zararning 120 mln. so‘mi qoplanishi ta’minlandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter