Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura bedarak yo‘qolgan ikki yashar bola kanaldan topilganini tasdiqladi

Bosh prokuratura bedarak yo‘qolgan ikki yashar bola kanaldan topilganini tasdiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ikki yoshga to‘lmagan o‘g‘il bola bedarak yo‘qolganiga oid xabarlar taqaldi. Shuningdek, bola suvga cho‘kib ketgani haqida ham ma’lumotlar  paydo bo‘ldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, shu yilning 9-avgust kuni kechqurun Yangiyo‘l tumani, Qo‘shtepa MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 2018 yilda tug‘ilgan nabirasi uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatga asosan tuman prokuroraturasi va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, holat yuzasidan tegishli harakatlarni boshlaydi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur mahalladan «Jo‘n ariq» kanali oqib o‘tgani,  O. X. voyaga yetmagan shaxs esa shu kanalda taxminan 1,5-2 yashar bolaning tanasiga ko‘zi tushgani, biroq suzishni bilmagani uchun uni suvdan olib chiqa olmaganligini bayon qilgan.

Shundan kelib chiqib, tuman prokuraturasi IIB va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda «Jo‘n ariq» kanali suvi 3 soatga to‘xtatilib, qidirish ishlari tashkillashtirildi. Qidiruv jarayonida, darhaqiqat, «Jo‘n ariq»dan bedarak yo‘qolgan bolaning murdasi  topildi.

Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring