Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Tillaboyev

Xalq uchun ishla, o‘zinga qaytmasa, farzandingga qaytadi!

«Bolalarni qiynayapsizlar!» – Farg‘onada quyosh tig‘ida imtihon olindi

«Bolalarni qiynayapsizlar!» – Farg‘onada quyosh tig‘ida imtihon olindi

Bugun Prezident maktablariga imtihon boshlandi. Karantin sabab ochiq maydonda deyildi va masalan Farg‘ona viloyati Farg‘ona va Marg‘ilon shahar stadionlarida o‘tkazilmoqda.

Meni kechirasizlaru, ochiq maydonda degani, op-ochchchiq stadionda emas, bog‘larda ham bo‘laveradi degani!

Shu kunlarda 5-6 daraja yuqori bo‘lmoqda, imtihon 8-00 da deyilgan, ana mana deb 8-10 da berildi, u-bu bo‘lib imtihondan chiqquncha 9-30 bo‘ldi, imtihonga 7-30 larda stadionga o‘tirgizib qo‘yildi bolalar, endi o‘ylang, 2 soat sizni shu issiqqa o‘tirgizib qo‘yishsa nima bo‘ladi, rasmdagi kishining ko‘ylagini suv bo‘lib ketganini ko‘rdingizmi?

U kishi salqinda jon saqlab turib shunchalik! Yoki quyidagi rasmda sharoit yo‘qligidan (yo‘q bo‘ladiyam-da, bolalarga yo‘q-ku, ota-onalar bilan nima ishimiz bor, deng) bitta daraxt soyasida talashib jips turgan kishilarni ko‘ryapsizmi, kattalar chidolmayapmiz-ku!?

Navbatdagi rasmda soat 9 larda olingan suratda harorat 35 darajani ko‘rsatyapti, tasavvur qilavering endi 30-35 daraja issiqda miyasi suyilib boriyam chiqib ketadi. Uzoqdan kuzatib turibmiz, bolalar o‘zini tashlab yuboray devoryapti, chekkaga olib ketilib tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

Bitta maktabga kirish uchun, 24 ta bola oluvchi o‘ringa minglab bolalar shunchalik issiqda qiynalyapti, to‘g‘ri, bu eng yaxshi maktab, orzusi barchani, lekin baribir bular 10-11 yoshli bolalar-ku?!

Yaxshiroq tashkil qilinsa bo‘lmasmidi?

Bo‘lardi!!!

O‘sha imtihon o‘tgan stadionni yo‘lini shundoq bu tomonida al-Farg‘oniy bog‘i bor, mana keyingi suratlarni ko‘ring.

Farg‘ona viloyati xokimligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi birgalashib mana shu salqin bog‘ni tayyorlasa bo‘lar ediku?! Atrofiga ikki qator lenta, 10-15 ta ko‘p ichki ishlar xodimi ketadi xolos, har holda butun viloyat bolalari issiqda kuyib, pishib test yechmasdi, bir kunlik imtihonni deb biron kasal bo‘lib qolishdan saqlanardi.

Ana Toshkentda Botanika bog‘i salqinlarida tashkillabsizlarku. Nega poytaxt bolalarini salqinga, viloyat bolalarini issiqqa qo‘yishlariga indamadilaring? Yoki viloyat bolalari issiqda ko‘p yurib o‘rgangan dedimi birov?

O‘rtoqlar!

Shu bolalar hammamizni bolalarimiz, navnihollar. Qani tibbiyot olimlarimiz, gapiringlar, shu issiqning bola sog‘ligiga ziyoni yo‘qmi? Yo‘q, ziyon qilmaydi, denglar, biz rozi.

Hali 3 kun ertalab 8 da va kech soat 19 da ham imtihonlar bo‘ladi. 19-00 dagi imtihonga 17-30 dan boshlab keladi bolalar, unda ham 40 gradusdan kam bo‘lmaydi, bolalar imtihonga kirguncha o‘zi tamom bo‘ladi...

Aytgancha, bitta narsaga lolman, bolalarni imtihonga kiritib yuborishda ota-onayu bolalar orasida yarim sm joy yo‘q, tiqilinch, imtihonga kirgach 2 metr ijtimoiy masofa saqlab qo‘yilgani ma’nosi nima ekan?

Bunday tashkillashtirishlarini kutmagandim. Agentlik va viloyat hokimliklaridan bolalar sog‘ligi kerak bo‘lsa, zudlik bilan ushbu imtihonlarni salqin joyga, bog‘larga ko‘chirishlarini ota-onalar va o‘qituvchilar nomidan talab qilamiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring