Bojxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 4.8 ming dollar talab qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga ulardan firibgarlik yo‘li bilan 4.800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan A. va B.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter