«Blue Origin» fazoviy sayyohi aviahalokatga uchradi
Nyu-Jersi shtati (AQSh)da yengil motorli samolyot qulab tushishi oqibatida «Blue Origin» kompaniyasining astronavti, 49 yoshli Glen de Vris halok bo‘ldi, deb xabar berdi CNN.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, De Vris boshqaruvidagi «Cessna 172» samolyoti payshanba, 11-noyabr kuni Nyu-Yorkdan 65 km. olisda joylashgan Hempton qo‘rg‘oni yaqinidagi o‘rmonga qulagan.
Transportda xavfsizlik milliy kengashi halokat noma’lum sabablar oqibatida yuz berganini ma’lum qildi.
Ushbu samolyot bortida 54 yoshli Tomas Fisher ham bo‘lgan.
Glen de Vris dasturiy ta’minotlarga ixtisoslashgan «Dassault Systèmes» kompaniyasining fan va sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda tibbiyot sohasi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi «MEDIDATA» kompaniyasi hammuassislaridan biri edi.
Eslatib o‘tamiz, De Vris «Blue Origin» kompaniyasining «New Shepard» kemasi ekipaji bilan birga 2021-yilning oktyabr oyida Yer orbitasiga parvoz qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter