Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biri qurbon bo‘ldi, besh nafari kasalxonaga yetkazildi — Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Biri qurbon bo‘ldi, besh nafari kasalxonaga yetkazildi — Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 7 noyabr kuni taxminan soat 19.30 larda Muqimiy ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi davlat raqami 40 Ye 921 SA bo‘lgan NEXIA-2 rusumli avtomashina va 2004 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi davlat raqami 01 003 SNA bo‘lgan LACETTI rusumli avtomashina to‘qnashgan.

Xabar qilinishicha, YTH oqibatida NEXIA-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisi 1998 yilda tug‘ilgan Sh.E. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, LACETTI rusumli avtomashina haydovchisi, NEXIA-2 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari: 1995 yilda tug‘ilgan T.O., 1996 yilda tug‘ilgan B.Q., 2001 yilda tug‘ilgan M.Q.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring