«Bir minutga telefon qilib olay»: Talonchilardan ehtiyot bo‘ling
Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yashovchi 18 yoshli M.A. uyali aloqa vositasini «1 minutga» telefon qilish uchun olib, qaytarib bermaslikning uddasidan chiqadiganlardan. U mazkur yo‘l bilan Jizzax shahri Xayrobod mahallasida yashovchi Sh.M.ga tegishli uyali aloqa vositasini olib ketdi. Ayni uslubda viloyatning Forish tumani Garasha qishlog‘ida yashovchi S.S.ning uyali aloqa vositasiga ham ega chiqqan.
Jizzax shahrining Obod mahallasida yashovchi Sh.Yu. esa Zilol mahallasida yashovchi I.X.ga tegishli Sharof Rashidov tumani Toqchilik mahallasida joylashgan 120 million so‘mlik namunali loyiha asosida qurilgan uyni sotib yubordi. Firibgar ayol uy uchun Sharof Rashidov tumanining Toshkentlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi F.J. 90 million so‘m olgan.
Yuqoridagi holatlarning barchasi yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter