Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda ikki o‘xshash jinoyat: biri Navoiy, biri Farg‘onada

Bir kunda ikki o‘xshash jinoyat: biri Navoiy, biri Farg‘onada

Foto: «Xabar.uz»

Oxirgi vaqtlarda piyodani urib yuborgan haydovchining voqea joyidan qochib ketgani haqidagi xabarlar ko‘p uchramoqda. Bugunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ikkita shunday holat haqida xabar berdi.

Dastlabki xabarda 4-iyul kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani «Istiqlol» MFY hududidan o‘tuvchi «Yangiturmush-Nurota» avtomobil yo‘lining  28-kilometrida haydab ketayotib yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan «Istiqlol» MFYda yashagan F.X.ni bosib, unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatmay voqea joyidan yashiringani aytiladi. Olingan jarohatlar tufayli F.X. voqea joyida vafot etgan.

Ikkinchi xabarda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 4-iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani «Yuziya» MFY binosi oldida haydab ketayotib shu mahallada yashagan M.B.ni urib yuborgani keltirilgan. Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa o‘z jinoyatini yashirish uchun uning jasadini Toshloq tumani Zarkent qishlog‘i A.Navoiy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariqqa tashlab ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisalarini sodir etgan noma’lum haydovchilarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.  Fuqarolardan ushbu holatlar bo‘yicha ma’lumotga egalar bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga xabar berishlari so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring