Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada YTH sodir bo‘ldi: kamida 20 kishi jabrlandi

Belgiyada YTH sodir bo‘ldi: kamida 20 kishi jabrlandi

Foto: «RIA Novosti»

Hollandiya poytaxti Amsterdamdan Belgiyaning Ostend portiga ketayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Jarohatlanganlardan 2 kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Voqea chorshanbaga o‘tar kechasi Alter shahri hududida sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, transport haydovchisi yo‘l qurilishi ketayotgan beton to‘siqni ko‘rmagan va unga borib urilgan.

Avtobusda asosan irlandiyaliklar, britaniyaliklar va hollandiyaliklar bo‘lgan.

Jarohat olganlarning barchasi yaqin atrofdagi shifoxoanalarga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring