Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankomatni buzayotgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bankomatni buzayotgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Foto: «Milliy gvardiya»

Joriy yilning 8 avgust kuni tungi soat 01:00 da Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ATB «Turon Bank» Yashnobod filiali bankomatidan Milliy gvardiyaning ushbu tumandagi Qo‘riqlash bo‘limiga «tashvish» xabari kelib tushgan.

Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan tezkor guruh xodimlari tomonidan, noma’lum shaxsning bankomatni buzishga harakat qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro 2000 yilda Toshkent viloyati Parkent        tumanida tug‘ilgan J.Q. ekanligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumanidagi 2-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring