Bankomatlardan 345,5 mln. so‘m o‘margan bank mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
AT «Xalq banki» tuman Jalaquduq filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yakunidada bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, bankning bosh mutaxassisi Z.I. 2020 yilning dekabr va joriy yilning yanvar oyida tuman dehqon bozorida o‘rnatilgan bankomatlardan jami 345,5 mln so‘m naqd pulni olishga erishib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.
Holat departament xodimlari tomonidan aniqlanishi hamono jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter