Azaga aylangan bayram! Andijonda bir oila pichoqlab ketildi

2017-yil 30-dekabr kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi kottejlarning birida ijarada turgan ayolning 6 oylik go‘dagi, 3 yoshli bolasi va singlisi, jami 4 nafar odam o‘ldirib ketilgan.
Bu haqda «Xabar.uz»ga o‘z manbalari ma’lum qildi. Aniqlanishicha, dastlab gazdan zaharlanish deb aytilgan, ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hammasi pichoqlangan va gaz ochib yuborilgan. Taxminlarga ko‘ra, gaz jinoyat izlarini yashirish va yong‘in keltirib chiqarish uchun yoqib ketilgan bo‘lishi mumkin.
Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tez orada ichki ishlar organlaridan ma’lumot olib, bu haqda sizga xabar beramiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter