Ayolning videolarini tarqatish bilan tahdid qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qiziltepa tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro Q.R. «D.» ismli ayolning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 8 mln so‘m talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter