Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolini ayanchli tarzda o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Ayolini ayanchli tarzda o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ayolini tesha bilan urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma’lumot bergan.

Xabarga ko‘ra, 2022-yil noyabr oyida erkak 1989-yilda tug‘ilgan, turmushidan ajrashgan, besh nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol bilan tanishgan. Keyinchalik ular shar’iy nikoh asosida turmush qurgan.

Oradan ikki oy o‘tmasdan ularning o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘ining boshqa shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini gumon qilishi oqibatida janjallashgan.

2023-yil 2-yanvar kuni soat 23:45 da sudlanuvchi o‘z uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda farzandining ko‘z o‘ngida turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan. Shuningdek, uyda bo‘lgan temir dastali tesha bilan ayol tanasining duch kelgan joylariga urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Sud hukmiga asosan erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan aybli deb topildi va o‘n olti yilga qamaldi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring