Ayol o‘qituvchilarni kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi
Shu yilning aprel oyida Surxondaryo viloyatidagi maktablardan birida ayol o‘qituvchilar kaltaklangandi.
16-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudida G. T. (1988-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, 31-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
E’lon qilingan hukmga ko‘ra G. T. Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan aybli deb topilib, jinoyat oqibatida ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar qoplanganligi hamda ularning sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olingan holda unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter