Avtobusdagi yong‘inda tirik qolganlar shok ahvolda
Oqto‘ba viloyatining Irgiz tumanida sodir bo‘lgan ayanchli yong‘inda jabrlanganlar Oqto‘ba sanaviatsiyasiga yetkazildi. Ular bilan birinchi navbatda tez yordam shifokorlari uchrashdi. Bu haqda «BNews.kz» sayti xabar qilmoqda.
«5 nafar jabrlangan olib kelindi. Ularning ikki nafarida ikkinchi darajali kuyish holati kuzatilmoqda. Uchovi esa uglerod gazidan zaharlangan. Ularga barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda», deb ma’lum qildi Oqto‘ba viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliyev.
Travmatologlardan so‘ng jabrlanganlarga tibbiyot universitetning psixologlari yordam ko‘rsatdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 25 va 35 yoshdagi ikki bemor psixologik shok holatda. Ayniqsa, halokatda yaqini vafot etgan bemorning ruhiy ahvoli qoniqarsiz.
Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur fojiada qurbon bo‘lganlarning birlamchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter