Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga «Alberto» xavf solmoqda

AQShga «Alberto» xavf solmoqda

Foto: «New-s.com.ua»

Yopirilib kelayotgan «Alberto» to‘foni tufayli AQShning Florida shtati meri Rik Skott favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Dushanba kuni kutilayotgan «Alberto» to‘foni tufayli favqulodda holat e’lon qildik. Tabiiy ofatni betalafot o‘tkazish maqsadida hududga qidiruv-qutqaruv xodimlarini jalb etish hamda aholini xavfsiz joyga ko‘chirish lozim», — degan mer o‘z bayonotida.

Ayni paytda Florida shtatida kuchli jala, suv toshqinlari va shamolgaga qarshi zarur choralar ko‘rilyapti.

AQSh Milliy quyun markazi ham «Alberto» to‘foni tezlik bilan AQShga yopirilib kelayotganini ma’lum qildi.

To‘fon Kubaning g‘arbiy hududidan taxminan 20 chaqirim shimoldagi Florida shtatining Key Vest shahriga yetib kelishi bilan o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuningdek, tabiiy ofat G‘arbiy Luiziana, Missisipi, Alabama, Tennessi va Florida shtatlarida yashovchi 15 million kishiga zarar yetkazishi mumkin.

Mutasaddilar to‘fon Meksika ko‘rfazidagi neft qidiruv ishlariga xavf tug‘dirgani tufayli minglab xodimlarni boshqa joyga ko‘chirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring