Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita Nyu-York kattaligidagi aysberg paydo bo‘ldi (foto)

Ikkita Nyu-York kattaligidagi aysberg paydo bo‘ldi (foto)

Illyustrativ surat

Antarktidaning Brant shelf muzligidan maydoni 1700 kvadrat kilometrga teng (qariyb ikkita Nyu-York kattaligida) aysberg ajralib chiqdi. Bu haqda NASA saytida xabar berildi.

«Brant muzligidagi sinish ikkita Nyu-York kattaligidagi aysbergni hosil qiladi. Bu holat kelgusida muzlikdagi ilmiy tadqiqotlarda va unda odamlar bo‘lishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi noma’lum», — deyiladi NASA xabarida.

Muzlikda darz hosil bo‘lishi 2016-yilning oktyabrida «Landsat» yo‘ldoshidan olingan suratlarni solishtirish chog‘ida aniqlangandi. O‘sha paytdan beri yoriq sharq tomon tinmay chuqurlashib bordi. Oxirgi surat 2019-yilning 23-fevral kuni olingan. Uzilib chiqqan aysberg (1700 kv. km.), Antarktika mezonlari bilan o‘lchanganda, juda katta emas, hatto «katta yigirmatalik»ka ham kirmaydi.

Oldingi holati. Foto: NASA
Hozirgi holati. Foto: NASA

Biroq tadqiqotchilar boshqa narsadan xavotirda: bu shu muzlikda joylashgan va yil davomida ishlovchi Britan antarktika xizmatiga qarashli Halli stansiyasining taqdiri. Stansiya muzlikdagi beqarorliklar sabab ilgari ikki marta yopilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring