Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anqara do‘l ostida qoldi

Anqara do‘l ostida qoldi

Foto: «SonDakika.com»

Turkiya poytaxti Anqara shahrida 28-may kuni, tushdan so‘ng kuchli jala va momaqaldiroq kuzatildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar berdi.

Meteorologiya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra kuchli jala va momaqaldiroq ortidan do‘l ham yoqqan, ko‘chalarni suv bosib, tirbandlik yuzaga kelgan.

Shu yil 20-may kuni ham shunday bo‘lgan, buning oqibatida yerosti o‘tkazgichlari suvga to‘lgan, sel mashinalarni oqizib ketgan edi.

15 daqiqa davom etgan yog‘ingarchilik Anqaradan tashqari Chankaya va Mamak tumanlarida ham kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring