Angliyaning «Lester» klubi xo‘jayini vertolyotda halokatga uchradi
Kecha, 27-oktyabr kuni «King Pauer» stadionida Angliya Premer-ligasining 10-turi doirasida «Lester Siti» klubi «Vest Xem Yunayted» ni qabul qildi (1:1). O‘yindan so‘ng «Lester» xo‘jayini Vishay Shrivaddxanaprabxaning vertolyoti «King Pauer» avtoturargohida qulab tushdi.
«BBC» xabariga ko‘ra, dum qismidagi parragi ishlamay qolishi oqibatida vertolyot o‘z o‘qi atrofida aylanib qolgan va yerga qulagan.
Britaniya ommaviy axborot vositalari ta’kidlashicha, bu paytda «Lester» prezidenti vertolyotda bo‘lgan va halok bo‘lgan. Biroq bu ma’lumot rasman tasdig‘ini topgani yo‘q.
Shrivaddxanaprabxa «Lester»ni 2010-yili sotib olgandi. 2015/2016-yil mavsumida jamoa o‘z tarixida birinchi marotaba Angliya chempioni bo‘ldi.
Ayni paytda 10-turdan so‘ng «Lester» Premer-ligada 12-o‘rinni band etib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter