Andijondagi gaz quyish shohobchasida «Nexia-2» portlab ketdi

Joriy yilning 16-dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon tumani Jahonobod MFY hududida portlash yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
«Shodlik ishonch servis» MChJga tegishli gaz quyish shohobchasida «Nexia-2» rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘ldi. Haydovchi X.K tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter