Andijondagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 avgust kuni Andijon tumanidagi sexlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu yong‘in soat 07:03 da «Sanoat» MFY, «Sanoat» ko‘chasida joylashgan bo‘z ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lib, 70 kv/m maydonda shift, tom qismi va ichki jihozlar yongan.
FVB o‘t o‘chirish guruhi soat 07:05 da mazkur joyga yetib borib, 07:09 da yong‘inni o‘rab olgan. Soat 07:28 da esa, yong‘in butkul o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q.
Binoning umumiy 100 kv/m maydoni yong‘indan saqlab qolindi. Yong‘inni kelib chiqish sabablari va zararlar aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter